ODKB-2019 o‘quv mashg‘ulotlari Markaziy Osiyo xavfsizligini ta’minlashga qaratiladi - Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ODKB harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashga bag‘ishlashni taklif etdi
Sputnik

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligida o‘tkazilgan yakuniy xay’at yig‘ilishi davomida 2019-yilgi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlash zarurligi haqida bayonot qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

"2019 yilgi o‘quv mashqlar davomida sheriklar bilan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha umumiy masalalar yechimida hamkorlikning barcha qirralarini batafsil ishlash lozm", - deb ta’kidlagan Rossiya yetakchisi.

Putin, shuningdek, bugungi kunda, eng avvalo kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti liniyasi bo‘yicha harbiy hamkorlik rivojlanayotganiga e’tibor qaratgan. KXShT a’zo bo‘lgan davlatlar bular - Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston. O‘zbekiston 90-yillar oxirida bu tashkilotga a’zolikni uzaytirishdan voz kechgan.

O‘zbekiston, o‘z navbatida dekabr oyi o‘rtasida “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni (Dushanbe, 2008-yil 28-avgust) ratifikatsiya qilgan edi. Hujjatning asosiy maqsadi - Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdan iborat.