TAShKENT, 18 dek - Sputnik. Bolalarni himoya qilish markazi vakili Fatima Alloyarovaning fikricha, ota-onalar pul ishlab topish bilan band bo‘lgan vaqtda, farzandlarini yo‘qotib qo‘yishlari mumkin.
Ota-onasi ishlashga ketib, qarindoshlariga qoldirilgan bola xavf guruhiga tushib qolishi mumkin.
Fatima Alloyarova so‘zlariga ko‘ra, bunday bolalar kamdan-kam yaxshi o‘qiydi va ular o‘z kechinmalari va xafagarchiliklarini birovga aytishga imkoni bo‘lmaydi.
“Biror bir javobgarlik chorasi yo‘qligi odamni qo‘rquvga soladi. Ota-onalarni hech narsa bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi. Ular o‘z bolalarini kiyintirishlari va boqishlari zarur”, - dedi ekspert.
Alloyarova so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi qarindoshlariga qoldirib ketgan bolalar ahvoliga birinchi navbatda mahalla raislari, domkomlar va maktab o‘qituvchilari e’tiborlarini qaratishlari lozim.