Besh yuzdan ortiq qorbobolar Toshkent ko‘chalariga chiqishdi

Qorbobolar 31-dekabrgacha qadar poytaxtning barcha tumanlarida istiqomat qiluvchilarni bayram bilan tabriklaydilar.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Kecha, 16-dekabr kuni Toshkent shahrining “Xalqlar do‘stligi” maydoniga 505 ta qorbobo jam bo‘ldi.

Ular 31-dekabrgacha Toshkentdagi 505 ta mahallada odamlarga bayram kayfiyatini ulashadi.

Bu tadbir “Mahalla” xayriya jamoat fondi tashkil etildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent shahar bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, qorbobo liboslari mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan tashkillashtirilgan.

Besh yuzdan ortiq qorbobolar Toshkent ko‘chalariga chiqishdi

Bu liboslarda mahalla faollaridan biri yoki xodimlar kiyib, xonadonlarga bayram kayfiyatini ulashadilar.

“Mahallada Yangi yil” deb nomlangan loyiha davomida qorbobolar eng avvalo o‘z mahallalarida istiqomat qilayotgan 100 yoshdan oshgan keksalar, urush qatnashchilari, imkoniyati cheklangan fuqarolar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni yo‘qlaydilar.

Mahalla markazlari, uylar yonidagi dam olish maskanlarida qorbobolar ishtirokida bayram tadbirlari tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.