Xorij avtomobillaridan bojxona to‘lovlarini undirish tartibi yuzasidan izoh berildi

Yangi tartib ishlab chiqarish yili ikki yildan ortiq bo‘lmagan, narxi 40 ming dollar va undan yuqori bo‘lgan avtomashinalarga taalluqli bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab xorij yengil avtomobillaridan bojxona to‘lovlarini undirish tartibi joriy etiladi, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri.

O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan boshlab bojxona yig‘im stavkalari o‘zgaradi

DBQ boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Fayzullayev so‘zlariga ko‘ra, o‘zgarishlar ishlab chiqarish yili ikki yildan ortiq bo‘lmagan, narxi 40 ming dollar va undan yuqori bo‘lgan avtomashinalarga taalluqli bo‘ladi.

Bunday avtomashinalaridan import boji undirilmaydi. Faqat 20 % aksiz solig‘i va 20 % qo‘shilgan qiymat solig‘i undiriladi. Olib kirilgan avtomashina qiymatidan yagona bojxona to‘lovlarning stavkasi 44 % bo‘ladi.

Boshqa avtomashinalarga bojxona to‘lovlarining stavkalari o‘zgarmadi.

“Respublikada o‘rta sinf avtomobillari ishlab chiqariladi, GM Uzbekistan bor. Davlat o‘z ishlab chiqaruvchilarini himoya qiladi. Shuning uchun bizda ishlab chiqarilmaydigan premium-klass  avtomobillariga nisbatan import boji bekor qilindi”, - deb qo‘shimcha qildi u.