Toshkentdagi ayrim markaziy ko‘chalarda bahorgacha harakat cheklanadi

“Humo” muz saroyi qurilayotgani munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Toshkentda Beshog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 2018-yilning 17-dekabridan 2019-yilning 1-martiga qadar “Humo” muz saroyi qurilayotgani munosabati bilan transport vositalarining barcha turlari uchun (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakat vaqtincha cheklanadi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
“Humo Arena” muz saroyi binosining umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Sport musobaqalar o‘tkazish sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek, majmua hududida sport muzeyi, bolalar uchun yopiq o‘yingoh, trenajor zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

Toshkentdagi ayrim markaziy ko‘chalarda bahorgacha harakat cheklanadi