“Koinot go‘zali - 2018” tanlov g‘olibi aniqlandi - foto

Demi-Li Nel Piters tanlovning asosiy sovrini bo‘lgan go‘zallik tojini yangi g‘olibga taqdim etdi.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. “Koinot go‘zali” xalqaro go‘zallik tanlovida filippinlik Katriona Gres g‘olib bo‘ldi. Xalqaro tanlovning final bosqichi dushanba kuni Bangkok shahrida bo‘lib o‘tdi.

Ikkinchi o‘ringa Venesuela vakilasi Stefani Gutyerres sazovor deb topildi.

Rossiyalik Yuliya Polyachixina tanlovning yarim final saralash bosqichida musobaqani tark etdi. Uning libosi tanlov tomoshabinlari va boshlovchilarining e’tiborini o‘ziga qaratdi.

Xalqaro go‘zallik tanlovi 1952-yildan buyon o‘tkaziladi va dunyodagi eng nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi. Bu yilgi tadbirda dunyoning 94 ta davlat vakillari ishtirok etishdi.