Farg‘onada bir yoshli qizaloq is gazidan vafot etdi

Qizaloqning onasi uydagi isitish pechiga ko‘mir solib uxlab qolgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida bir yoshli qizaloq ko‘mir isidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ko‘rinmas qotildan saqlaning

Xabarda aytilishicha, 15-dekabrga o‘tar kechasi Yangiobod MFYda yashovchi, uy bekasi, M.X. uyida isitish pechiga ko‘mir solib uxlab qolishi oqibatida birga yashagan 2017-yilda tug‘ilgan qizi, ko‘mir isidan zaharlanib vafot etgan.

Birdaniga ikkita holat: Samarqand va Sirdaryoda fuqarolar is gazidan zaharlandi

Mazkur xolat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.