Poroshenko dinni o‘ziga xizmat qildirmoqchi - Kalashnikov

Konstantinopolning Ukrainadagi muqaddas hisoblanmagan Cherkovga mustaqillik taqdim etishni boshlash qarorini Rossiya pravoslav cherkovi parchalanish deya atadi va Rossiya pravoslav cherkovi bosh idorasi 15-oktabr Konstantinopol patriarxati bilan muloqotni uzganligini e’lon qildi
Sputnik

TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Bugun, shanba kuni, Ukraina prezidenti Petr Poroshenko "Ukraina mustaqil cherkovi" tashkil qilingani haqida e’lon qildi.

Tramp va Poroshenko BMT sammitida bir xil kiyimda paydo bo‘lishdi

Rossiya Davlat dumasi MDH masalalari bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Kalashnikov Poroshenkoning ushbu harakatiga izoh berar ekan, Ukraina prezidenti bu ishi bilan shaxsiy millatchilik va aristokratik tushunchalaridan kelib chiqqan holda, mamlakatdagi diniy institutlarga ta’sir o‘tkazishga urinayotganini ta’kidladi.

"Qirollar yoxud soxta qirollar hamisha dinni instrument sifatida ishlatishni xohlaganlar. Buni biz o‘ylab topmaganmiz, va cherkov mavjud ekanki, shunday bo‘lib kelgan... Ayni holatda u o‘zining millatchilik, shaxsiy aristokratik tushunchalaridan kelib chiqqan holda barcha (diniy) institutlarni davlatga emas, shaxsan o‘ziga xizmatga qo‘yishga urinmoqda", - dedi RIA Novostiga bergan intervyusida Kalashnikov.

Rossiya Davlat dumasining fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va diniy birlashmalar masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Sergey Gavrilov "ukraina mustaqil cherkovi" ko‘rinishi ostida og‘ir va xavfli mahsulot yaratilayotganini, u binobarin ekstremistik kuchga aylanayotganini aytdi.

Konstantinopolning Ukrainadagi muqaddas hisoblanmagan Cherkovga mustaqillik taqdim etishni boshlash qarorini Rossiya pravoslav cherkovi parchalanish deya atadi va Rossiya pravoslav cherkovi bosh idorasi 15-oktabr Konstantinopol patriarxati bilan muloqotni uzganligini e’lon qildi.