TOShKENT, 14 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Islom Karimov Qashqadaryoga rahbarlik yillarida viloyat iqtisodiyotini ko‘tarish, ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘lida ko‘p ishlar qilgani yodga olindi.
Tadbirda nuroniylar ham ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, shu yil 30-yanvar kuni Islom Karimov tavalludining 80-yilligi arafasida Qarshi shahrida Islom Karimov haykali ochilgandi.