TOShKENT. 14 dek — Sputnik. Tadbirkor ayol o‘z tanishini aldab, 270 million so‘mdan ortiq pulini o‘zlashtirgan.
“Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 3-dekabr kuni O‘zbekiston tumanida yashovchi E.M. IIBga murojaat qilib, shu yil 10-noyabr kuni Uchko‘prik tumani hududida tanishi tadbirkor F.N. undan umumiy qiymati 270 mln. 808 ming so‘mlik kalish oyoq kiyimlarini olib, pulini 3 kun ichida olib kelishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, pullarini shu kunga qadar bermayotganligini ma’lum qilgan”, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
Ko‘rilgan choralar natijasida jinoyatchi ushlangan.
Uzoqqa qocha olmadi: Toshkentda qidiruvda bo‘lgan firibgar qo‘lga tushdi >>>
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.