Yangi yil kechasida nimalardan ehtiyot bo‘lish kerak

Yangi yil – eng sevimli bayramlardan biri. Lekin ba’zida ko‘ngilsizliklar ham sodir bo‘lib turadi. Yangi yil kechasida ko‘ngilsizlikni oldini qanday olish mumkinligi bizning maqolada bilib olasiz.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Barchamiz sevgan bayram – Yangi yil yaqinlashmoqda. Hammamiz har tarafga yorqin o‘t sochib, kayfiyatimizni ko‘taruvchi mushakbozlikni yaxshi ko‘ramiz. Ammo hamma ham mushakbozlik qanday xavflar keltirib chiqarishini o‘ylab ko‘rmaydi.

Sputnik Qirg‘iston Ekologiya va xavfsizlik bo‘yicha davlat inspeksiyasi mutaxassislarining yong‘inni oldini olish bo‘yicha fuqarolarga bergan tavsiyalari ro‘yxatini nashr etdi.

Dastavval yangi yil kechasi o‘tkaziladigan binoda o‘to‘chirgich bo‘lishi kerak. Mebel va boshqa buyumlar bilan chiqish va evakuatsiya yo‘llarini to‘sib qo‘ymaslik kerak.

O‘zbekiston Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati sayti ishga tushdi

Agar fuqarolar archani girlyanda bilan bezashga qaror qilishsa, elektr simlarining nosoz emasligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Chunki ularning tutashuvi oqibatida boshqa bezaklar ham zudlik bilan alanga oladi. Girlyandalarda quvvati 25 vattdan ortiq bo‘lmagan lampochkalardan foydalanish kerak.

Archa mustahkam qilib o‘rnatilishi kerak, uning shoxchalari devor va shiftdan kamida bir metr uzoqlikda bo‘lishi kerak.

Archani plastik va boshqa yengil yonuvchi o‘yinchoqlar, paxta, yong‘indan saqlaydigan moddalar bilan ishlov berilmagan bezaklar bilan bezash taqiqlanadi.

Mushakbozlik ham katta xavf keltirib chiqarishini unutmaslik kerak, albatta. Ko‘ngilsiz oqibatlar kelib chiqishini oldini olish uchun sotuvchilardan tegishli sertifikatlarni talab qilish hamda quttining butunligi ahamiyat berish lozim. Tabiiyki, binolarda petarda ishlatish va mushakbozlik taqiqlanadi.

Yong‘in chiqqanda darhol FVV xizmatiga murojaat qilish kerak.