Shavkat Mirziyoyev pensiyaga doir yangi farmonni imzoladi

2019 yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev islohotlar, sudyalar va pensiya haqida nimalarni aytdi

Farmonga ko‘ra 2019-yil 1-yanvardan  boshlab:

- barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi;

- pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshiriladi.

Shuningdek, 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullangan.

Moliya vazirligi va budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qaytadan hisoblab chiqilishini ta’minlaydi.