Germaniyada ko‘chaga oqib chiqqan shokolad katta tirbandlikka sabab bo‘ldi

Verl shahridagi yo‘lning o‘tish qismini shokolad to‘sib qo‘ydi. 10 kvadrat metrni tashkil etgan shokolad oqimi “shirin” tirbandlikni keltirib chiqardi.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Germaniya g‘arbidagi Veyerl shahri ko‘chalariga bir tonnaga yaqin eritilgan shokolad oqib ketdi. Bu haqda shahar yong‘in xavfsizligi xizmati saytida xabar berildi.

Shokolad 10-dekabr kuni DreiMeister fabrikasidan oqib ketgan.

“Mahalliy shokolad ishchilari rezervuarlardan bir to‘lib toshib, bir tonnaga yaqin eritilgan shokolad darvoza tashqarisiga oqib ketgani ko‘rib qolishadi”, - deyilgan matbuot xizmati xabarida.

O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga yetib kelishadi. Bir necha soat davomida ko‘chani tozalashga to‘g‘ri kelgan. Uyiga qaytayotgan shahar aholisi bir necha soat tirbandlikda turib, shirinlikning xushbo‘y hididan bahramand bo‘lishgan.

Germaniyada ko‘chaga oqib chiqqan shokolad katta tirbandlikka sabab bo‘ldi

Firma direktori Markus Laki so‘zlariga ko‘ra, agar shunga o‘xshash avariya Rojdestvo bayrami oldidan bir necha kun oldin sodir bo‘lganda, bu falokat bo‘lardi.