O‘zbekistonliklar yerlari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sabablar sanab o‘tildi

Aholidan yer uchastkalari uch holatda olib qo‘yilishi mumkin
Sputnik

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. O‘zbekistonda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorda shu vaqtgacha dolzarb masala bo‘lgan investorlarga yer ajratish va yer uchastkalarini olib qo‘yish mezonlari aniq belgilab berilgan, dedi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya bo‘yicha davlat qo‘mitasining yillik faoliyati hisobotiga bag‘ishlangan tadbirda qo‘mita vakili Oybek Hamrayev.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Investorlarga pullik magistral yo‘llar qurish uchun yo‘l va yer uchastkalari beriladi

"Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yerlarni olib qo‘yish - yerlari olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan  shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilib, foyda-harajatlar baholangandan keyingina yo‘l qo‘yiladi. Bundan tashqari, olib qo‘yilayotgan yer uchastkalardagi imorat va inshootlar buzilishiga - ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va olib qo‘yish oqibatida mulkdorlarga yetkazilgan zararlarning o‘rni to‘liq qoplangandan keyingina yo‘l qo‘yiladi", - dedi Hamrayev. 

U shuningdek, shu vaqtgacha yer istalgan sabablar bilan olib qo‘yilganligini, ammo endilikda yer uchastkalarini olib qo‘yish mezonlari aniq belgilanganligini qayd etdi.

Hujjatga ko‘ra, endilikda yerlar Mudofaa va davlat xavfsizligi muhofaza etiladigan hududlar ehtiyojlari uchun, yoki erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘lsa, olib qo‘yilishi mumkin.

Undan tashqari, infrastruktura obyektlari: avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, temiryo‘l transportlari obyektlari, ko‘priklar, metropoliten va boshqa shu kabi infrastruktura obyektlari qurish maqsadida ham yer uchastkalari olib qo‘yilishi mumkin. 

Aholi puntklarining bosh rejalarida nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hisobidan quriladigan obyektlarga, shuningdek, qonunlar va prezident qarorlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan boshqa hollarda ham yerlar olib qo‘yilishi mumkin.