Yubiley: Yulduz Usmonovaga tug‘ilgan kunida nima sovg‘a qilindi - video

O‘zbekiston va boshqa davlatlardan millionlab muxlislar o‘zbek estradasi primadonnasiga o‘z tabriklarini yo‘llamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbek komik aktrisasi Halimaxon Ibrohimova Instagramdagi sahifasida Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kunida olingan videoni joylashtirdi.

O‘zbekiston va boshqa davlatlardan millionlab muxlislar o‘zbek estradasi primadonnasiga o‘z tabriklarini yo‘llamoqda.

Videoda Yulduz Usmonovaga yaqinlardan chiroyli tort taqdim etilganligini ko‘rish mumkin. Tort ustida 19 raqami tasvirlangan shamlar ham bor.

 

“19 baxoriz muborak”, - deb yozgan xalimaxonim o‘z sahifasida.

Video ostida o‘zbekistonliklar ko‘plab tabrik so‘zlarini yozishmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 1963-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.

Unda bir nafar qizi – Nilufar Usmonova va besh nafar nabirasi bor.

Yulduz Usmonova Tojikiston va Turkmaniston xalq artisti va Qozog‘iston xizmat ko‘rsatgan artist unvonlariga ega.