Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazini barpo qiladi

Ural “TEN” kompaniyasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida zamonaviy logistika markazini quradi.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. “TEN” kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazini barpo qiladi, investitsiya miqdori 7 million dolllar. Bu haqda RIA Novostiga Yekaterinburgdagi O‘zbekiston bosh konsuli Abdusalom Xatamov.

Mirziyoyev meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishga doir muhim qarorni imzoladi

“Ural “TEN” kompaniyasi va Namangan xokimiyati o‘rtasida kelishuvga erishildi. Kompaniya Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Rossiyaga jo‘natiladigan meva sabzavotlarni saralash va qadoqlash ishlarini amalga oshirish uchun zamonaviy logistik markazini quradi”, - dedi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, markazni qurish uchun investitsiya miqdori 7 million dollar bo‘ladi. Loyihani 2019-yil yanvar oyiga mo‘ljallangan.

13 noyabr kuni Yekaterinburgda O‘zbekiston bosh konsulligi ochilgandi.

Bosh konsul etib Abdusalom Xatamov tayinlandi. Undan oldin u TIV konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.