O‘zbekiston metallurgiyasi sohasi xalqaro darajada muhokama qilindi

Konferensiya O‘zbekistonda tabiiy resurslarni qayta ishlash jarayonlari samaradorligini oshirish, modernizatsiya va integratsiya fanlarini milliy metallurgiya sohasiga kiritish masalalariga bag‘ishlangan.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Bugun, 12-dekabr kuni Olmaliq shahrida “MISiS” filialida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda filial matbuot xizmati xabar qildi.

Konferensiya O‘zbekistonda tabiiy resurslarni qayta ishlash jarayonlari samaradorligini oshirish, modernizatsiya va integratsiya fanlarini milliy metallurgiya sohasiga kiritish masalalariga bag‘ishlangan.

Tadbir Olmaliqdagi “MISiS” milliy tadqiqot texnik universiteti filiali, “Olmaliq tog‘ metallurgiya” kombinati, SFI Management xalqaro kompaniya tomonidan tashkil qilindi.

O‘zbekiston metallurgiyasi sohasi xalqaro darajada muhokama qilindi

Konferensiyada Germaniya, Finlyandiya, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa davlatlaridan 80 dan ortiq olim va ekspertlar qatnashdi.  Ular ichida Rossiya fanlar akademiyasi, Qozog‘iston milliy fanlar akademiyasi, “MISiS”, “Stalproyekt”, “Metallurgiya” institutlari hamda “Nord Engineering”, “Kanex Group”, “China ENFI Engineering Corporation”, “Norilskiy Nikel” kombinati, “Sredazsvetmetenergo” kompaniya vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston metallurgiyasi sohasi xalqaro darajada muhokama qilindi

Konferensiyada ekspertlar tomonidan prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston metallurgiya sohasida olib borilayotgan tashabbus va o‘zgarishlarni yuqori baholandi.

Tadbirda mutaxassislar texnologiyani takomillashtirish va gidrotexnikani boshqarish, issiqlikdan foydalanish, metallurgiya jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish, ishlarni modellashtirish va metallurgiya uskunalarini loyihalashtirishni optimallashtirish kabi mavzularga e’tibor qaratdi.