O‘zbekiston Ukrainadan shakar importini qayta tikladi

Bojxonada shakar yana rasmiylashtirilmoqda, bugun respublika - bu mahsulotning asosiy import qiluvchi mamlakat hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik.  Qisqa tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston Ukrainadan shakar import qilishni boshladi, deb xabar qildi shakar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi matbuot xizmati.

Ukraina O‘zbekiston shakar importini to‘xtatganidan shikoyat qildi

“Bugungi kun holatiga bizga chegarada bojxona rasmiylashtiruvi boshlanganligini shakar kompaniya va zavodlari tasdiqlashdi. Kelgusida savdo aloqalari “iliq” bo‘lishiga umid qilamiz, axir qiyinchiliklarga qaramasdan importning 47 foizi aynan O‘zbekistonga yuborilgan”, - deb izoh berdi rais o‘rinbosari Ruslan Butilo.

Noyabr oyida Ukraina ishlab chiqaruvchilari O‘zbekistonga 70,5 ming tonna shakar eksport qilindi, bu oktabr ko‘rsatkichidan 21 foiz ortiq. Import bo‘yicha yetakchilik O‘zbekistonda.

Dekabr boshida O‘zbekistondan Ukrainadan shakarni import qilishni to‘xtatgandi. “Ukrsukor” Ukrainaning agrar siyosat va oziq-ovqat vazirligiga rasmiy murojaat yuborildi. O‘tgan oyda esa Ukrainada ishlab chiqarilgan dori vositalari import qilinmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Sputnik radio efirida  ijtimoiy va siyosiy tadqiqotlar markazi prezidenti Georgiy Fedorov O‘zbekiston va Ukraina savdo urushining oqibatlari haqida gapirgandi. Uning fikricha, vaziyat Ukraina iste’molchilariga yomon ta’sir etishi mumkin.