O‘zbekiston bosh konsuli shaxsiy telefon raqamini ma’lum qildi

O‘zbekiston bosh konsuli Abdusalom Hatamov Bosh konsulxonaga O‘zbekiston fuqarolari qaysi savollar bilan murojiat qilishlari haqida gapirdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. O‘zbekistonliklar Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonaga ko‘proq hujjatlarini yo‘qotib qo‘yish sababli murojiat qilishadi, deb ma’lum qildi Yekaterinburgdagi O‘zbekiston bosh konsuli Abdusalom Hatamov RIA Novostiga bergan intervyusida.

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda logistika markazini barpo qiladi

“Asosan, bu hujjatlarni yo‘qotish qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar. Bir oy davomida 20 taga yaqin rasmiy so‘rov kelib tushadi. Men ularga konsullik-huquqiy yordamni ko‘rsatib, vatanga qaytishi uchun vaqtinchalik hujjat tayyorlab beraman. Internetdagi saytda barcha xohlovchilar men bilan bog‘lanishlari uchun telefon raqamimni qoldirdim”, - deb javob berdi Hatamov bosh konsulga qaysi masalar bo‘yicha ko‘proq murojiat qilishadi, degan savolga.

Bosh konsulxona joriy yilning yakuni-kelasi yil yanvar oyida to‘laqonli ishga tushishi qo‘shimcha qildi.

Joriy yilning noyabr oyida Yekaterinburgda O‘zbekiston bosh konsulligi ochilgandi. Bosh konsul etib Abdusalom Hatamov tayinlandi. Undan oldin u TIV konsullik-huquqiy departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.