O‘tgan asrning eng mashhur qo‘shig‘i ma’lum bo‘ldi

Ushbu qo‘shiqni insonlar bir yarim milliarddan ko‘proq tinglashgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Queen guruhining "Bohemian Rhapsody" nomli qo‘shig‘i striming-xizmatlarida XX-asrning eng mashhur qo‘shig‘i deb topildi. Bu haqda Universal Music Group mediaxolding o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Mediaxolding talqiniga ko‘ra, ushbu qo‘shiqni insonlar bir yarim milliarddan ko‘proq tinglashgan.

"Bohemian Rhapsody" qo‘shig‘ini britaniyalik guruh yetakchisi Freddi Merkyuri 1975-yilda yozgan. Qo‘shiq o‘zining o‘zgacha shakli va to‘rtta turlicha uslubi: akapella, ballada, opera, rok bilan ajaralib turadi. Ushbu uslublar mayinlik bilan ijro etilib, koda bilan tugallanadi. Mazkur qo‘shiq asari Billboard talqiniga ko‘ra uch marta 1975, 1992, 2018-yillarda Hot 100 ro‘yxatiga kiritilgan.