Toshkentning bosh archasi yangi joyga o‘rnatilmoqda

Sputnik

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Toshkentning bosh archasini o‘rnatish ishlari qizg‘in davom etmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

2018-yilda Toshkentning Bosh archasi Yunusobod tumani Istiqlol ko‘chasidagi kichik maydonda o‘rnatilmoqda.

Archani o‘rnatish bilan bog‘liq barcha ishlar 16-dekabrda yakunlanishi rejalashtirilgan.

20-dekabrdan esa Toshkent aholisi va mehmonlar uchun Yangi yil archasi ochiq bo‘ladi.

Archa atrofida sahnalar, bolalar attraksionlari, savdo shoxobchalari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.