Toshkentda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki delegatsiyasi Markaziy bankka tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek – Sputnik.Markaziy bankda bugun, 11-dekabr kuni Rossiya hududi va portfel boshqaruvi bo‘yicha direktor N. Xanjenkova va Markaziy Osiyo hududi bo‘yicha yangi tayinlangan direktor B. Balvanera boshchiligidagi Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tangalar, naqd pul yoki jvachka: Markaziy bank alohida murojaatni e’lon qildi

Uchrashuv davomida Markaziy bank salohiyatini mustahkamlash, bank tizimi va moliya bozorlarini rivojlantirish, O‘zbekistonda tadbirkorlikni moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasi doirasida kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha bir qator mavzular muhokama qilindi.

Shu yil avgust oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston rahbarining o‘zaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.