Bosh prokuratura “Transfert narxlari to‘g‘risida” qonun loyihasini tayyorladi

Bosh prokuratura tomonidan tayyorlangan “Transfert narxlar to‘g‘risida” qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Transfert narxlar to‘g‘risida qonun loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi. Qonun loyihasi Bosh prokuratura tomonidan tayyorlangan.

Tadbirkorlar faoliyatini tekshirishga doir bosh prokuratura buyrug‘i tasdiqlandi

Qonunning maqsadi o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladigan bitimlarda transfert narxni shakllantirish va qo‘llashda yuzaga keladigan Davlat budjetiga yo‘qotishlarni oldini olishdan iborat.

Transfert narx – o‘zaro aloqador tomonlar o‘rtasida shakllanadigan va mustaqil tomonlar o‘rtasida bitimlarni amalga oshirilishidagi bozor narxlarining chegarasi inobatga olingan holda obyektiv shakllantiriladigan bozor narxidan farq qiladigan, qonunga muvofiq nazorat qilinadigan tovar (ish, xizmat)ning narxi.

Qonun loyihasida aytilgandek, agar shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va/yoki bunday shaxslar faoliyatining yoki mazkur moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning faoliyatining iqtisodiy natijalari bunday shaxslar o‘rtasida amalga oshiriladigan bitimlarning shartlari natijalariga ta’sir qilsa, shaxslar o‘zaro aloqador shaxslar deb e’tirof etiladi.

Nazorat qilinuvchi bitimlarning transfert narxlari shakllantirilishini nazorat qilishda soliqqa tortish maqsadida vakolatli organlar qonun bilan nazarda tutilgan quyidagi usullardan foydalanadilar: solishtirma bozor narxlari usuli; kelgusi realizatsiya narxi usuli; xarajat usuli; solishtirma rentabellik usuli; foydani taqsimlash usuli;

O‘zbekistonda tadbirkorlarni tekshirishdan oldin prokuratura bilan kelishiladi

Qonunchilikni buzish holatlari to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yoki tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlika-taxlil natijalari bo‘yicha nazorat qiluvchi organlarining tashabbusi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga asosan transfert narxlari masalalari bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘liq hisoblanishi va to‘lanishini tekshirish vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun loyihasi 26-dekabrgacha muhokamada bo‘ladi.