TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Volgogradda prokuratura politsiya xodimiga pora taklif qilgan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Janubiy transport prokuraturasi xabar qildi.
Joriy yilning dekabr oyida Volgorad-1 stansiya temir yo‘l vokzali binosida O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimi Rossiyaga kirish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortmoqchi bo‘lgan tanishiga yordam berishga uringan. Migrant IIV xodimiga 1000 rubl miqdorida pora taklif qilgan, ammo politsiya xodimi pul olishdan bosh tortgan.
Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi va prokuratura tekshuruvni o‘z nazoratiga oldi.