Nukusda art obyektni tepib sindirgan bezori - jazolandi

I love Nukus yozuvidagi yurakni tepib sindirishdan maqsadi qiziqarli surat olib, ijtimoiy tarmoqlarda "layk" to‘plashdan iborat bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda 20 yoshli  yigit Nukus shahrining markaziy maydonlaridan birida joylashgan "I love Nukus" ("Men Nukusni sevaman") yozuvidagi yurakni  tepib sindirayotgani aks etgan surat tarqaldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar qildi.

IIV xodimlari bezorini qo‘lga olishdi. Yigit qilmishidan pushaymon bo‘lgan, yozuvdagi yurakni tepib sindirishdan maqsadi esa qiziqarli surat olib, ijtimoiy tarmoqlarda "layk" to‘plashdan iborat bo‘lganini aytgan.

Ayni damda bezorining ishi sudga oshirilgan.