TOShKENT, 10 dek – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 11-dekabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2,21 so‘mga pasayib, 8 312,69 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi esa 48,21 so‘mga ko‘tarilib, 9 456,46 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 1,37 so‘mga ko‘tarilib, 125,22 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.