Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 26-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda nutq so‘zladi.
Prezident o‘z nutqi avvalida O‘zbekiston 26-yil davomida bosib o‘tgan g‘oyat murakkab va sharafli yo‘l Bosh qomus - Konstitutsiyaning hayotbaxsh kuchi va ulkan salohiyatidan dalolat berishini qayd etdi.