TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Avstriya poytaxti Venada bo‘lib o‘tgan "OPEK+Rossiya" majlisida O‘zbekiston, Chad va JAR OPEKka a’zo bo‘lishidi. OPEK raisi, BAA energetika vaziri Suxeyl al-Mazrui tashkilotga kuzatuvchi sifatida yangi qo‘shilgan mamlakatlarga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda OPEKka a’zo bo‘lgan va bo‘lmagan mamlakatlar neft qazib olish hajmini kamaytirishga kelishib olishdi. Kelishuvga ko‘ra, dunyo miqyosida neft qazib olish hajmi sutkasiga 1,2 mln barrelga kamaytiriladi. Shundan 800 mln tonna OPEK a’zolari, qolgan 400 mln tonna esa OPEKka a’zo bo‘lmagan mamlakatlar tomonidan ko‘ngilli ravishda kamaytiriladi.
“Ushbu kelishuv 2019-yilning birinchi yarim yilliga davomida amal qiladi. Uni qayta ko‘rib chiqish uchun OPEK a’zolari yana bir bora 2019-yilning aprel oyida to‘planishadi”, - deyilgan xabarda.
Neft qazib olish borasidagi cheklovlarga faqat Eron qo‘shilmadi. Ma’lumki ushbu mamlakat uzoq yillar davomida AQSh embargosi ostida bo‘lib, yaqinda neft eksport qilish imkoniga ega bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha kun oldin Saudiya Arabistoniga turli yo‘llar bilan bosim o‘tkazib, ularni neft qazib olish hajmini oshirishga undagan edi. Venada bo‘lib o‘tgan "OPEK+Rossiya" uchrashuvi AQShning ushbu hatti-harakatlari zoe ketganini ko‘rsatmoqda, deb yozadi RIA Novosti.