O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarada mashinalar to‘planishi masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiylari ikki davlat chegarasida joylashgan o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish va qayta ta’mirdan chiqarish, shuningdek, o‘zbek-qozoq chegarasida avtomobil transportlari to‘planishi holatini muhokama qildilar
Sputnik

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminov va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Achilbay Ramatov o‘rtasida ikkiyoqlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Qozog‘iston Moliya vazirligi davlat daromadlari qo‘mitasi.

Nazarboyev: o‘zbek-qozoq munosabatlarining yangi bosqichini kuzatmoqdamiz

Tomonlar o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish va qayta ta’mirdan chiqarish, shuningdek, o‘zbek-qozoq chegarasida avtomobil transportlari to‘planishi holatini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida ushbu vaziyat regional bo‘linmalar rahbarlarining doimiy nazoratida bo‘lishi va yuzaga kelgan masalalarni tezkor choralar orqali hal etishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.

Shuningdek, o‘zbek-qozoq davlat chegarasi o‘tkazish punktlarida yuk oqimini bir xil taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bunda har bir tomon mas’ul vazirliklar, xo‘jalik birlashmalari va kompaniyalar bilan birgalikda ushbu masala yechimi ustida ish olib borishlari ta’kidlanmoqda.