TOShKENT, 7 dek – Sputnik. 2018-yil 4-dekabr kuni soat 23:30 da Mirobod tumanida PPX xodimlari jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi 41 yoshli B.Sh.ni qo‘lga olishdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan shaxs joriy yil oktabr oyidan buyon Xorazm viloyatida qidiruvga e’lon qilingan.
B.Sh. firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanadi.
Qo‘lga olingach, B.Sh. Mirobod tumani IIO FMBga topshirildi.