TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Markaziy bank 12-dekabr kuni ikkita depozit auksioni o‘tkazilishi haqida e’lon qildi.
Har ikkisi ham foizli depozit auksion turi. Depozit muddati - 14 va 30 kunga. Birinchisida depozit auksioni bo‘yicha maksimal foiz stavkasi 16 foiz, ikkinchisida - 17 foiz.
Mablag‘lar depozitga 12-dekabr kuni o‘tkaziladi va mos ravishda, 2018-yil 26-dekabr hamda 2019-yil 11-yanvar kuni mablag‘lar qaytariladi va depozit bo‘yicha foizlar to‘lanadi.
Birinchisida depozit auksioniga jalb qilinadigan mablag‘larning maksimal miqdori 400 mlrd so‘m, har bir ariza bo‘yicha taklif etiladigan minimal miqdor - 1 mlrd so‘m.
Ikkinchisida depozit auksioniga jalb qilinadigan mablag‘larning maksimal miqdori - 200 mlrd so‘m, har bir ariza bo‘yicha taklif etiladigan minimal miqdor - 1 mlrd so‘m.