Olimlar: ayollarning xiyonatga moyilligini barmoq uzunligiga qarab aniqlash mumkin

Oksford universiteti olimlari ayollarni xiyonat qilishga bo‘lgan moyilliklarini qanday aniqlash mumkinligi ma’lum qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Oksford universiteti mutaxassislari tadqiqot o‘tkazib, chap qo‘lining ko‘rsatgich barmog‘i nomsiz barmog‘idan uzunroq bo‘lgan ayollar o‘z juftiga xiyonat qilishga moyil bo‘lishlarini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Biology Letters nashrida keltirilgan.

Achchiq muhabbat: insonlar nima sababdan qahvani xush ko‘rishadi – olimlar tadqiqoti

Natijalarga ko‘ra, xiyonat qilishga moyil bo‘lgan xonimlarning ko‘rsatgich barmog‘i nomsiz barmog‘idan uzunroq bo‘ladi. Biroq erkaklarda shunga o‘xshash bog‘liklik kuzatilmagan.

Olimlar aniqlashicha, barmoqlar uzunligi o‘zaro munosabati ayollar jinsiy gormoni estrogenlar darajasini aks ettirgan.

Tadqiqotda jami 474 nafar kishi ishtirok etgan. Ulardan anketa to‘ldirishni so‘rashgan. Anatomik ko‘rsatgichlari o‘lchanib, tahlillar olingan.