TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi korxonalardan birining hududiga noma’lum shaxslar kirib, qorovulni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, “Samsung” mobil telefonini tortib oldilar, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
“...rangli metallar saqlanadigan omborxona qulfini buzib ochib, metall parchalarini olib ketayotgan vaqtlarida korxona ishchisi S.R. kelib qolishi oqibatida jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmay oq rangli davlat raqamlari bo‘lmagan “Ford” rusumli avtomashinada voqea joyidan yashiringanliklarini ma’lum qilgan”, - deyilgan xabarda
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Yangiobod mahallasida yashovchi X.A., N.M., U.N., A.I., D.X., A.X., N.N.lar va Buxoro viloyatida yashovchi O‘.X., M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston jinoyat kodeksiga binoan shunga o‘xshash jinoyatlar axloq tuzatish ishlari, besh yilgacha ozodlikdan cheklash yoki mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar zo‘rlik ishlatilsa yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirilgan holda sodir etilsa, jazo muddati ko‘payishi mumkin.