Ukraina O‘zbekiston bilan tartibli munosabatlarni xohlaydi

Ukraina tomoni ikkiyoqlama muloqotni faollashtirishga va ikki tomonlama aloqalarni tizimlashtirishga tayyor, deb ishontirgan Ukraina iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Stepan Kubov.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Stepan Kubov O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev bilan uchrashdi, shuningdek, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ukraina O‘zbekiston yengil avtomobillariga nisbatan surishtiruvini to‘xtatdi

Ukraina vakili Kiyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarga nisbatan antisubsidiyaviy tekshiruvlarni to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilingani haqida rasman ma’lum qilgan.

Kubovning qayd etishicha, Ukraina tomoni O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi ikkiyoqlama muloqotni, muntazam aloqalarni ham ish ham rahbarlar darajasidagi qo‘shma komissiya ko‘rinishida faollashtirishga va tizimlashtirishga shay.

O‘zbekiston bosh vaziri bilan o‘tkazilgan suhbatda Ukraina va O‘zbekiston bozorlariga tovarlarni cheklovlarsiz yetkazishni ta’minlash, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlarini oldindan ayta oladigan qilib shakllantirishning ahamiyati haqida gap ketgan.

Aripov va Kubov shunday to‘xtamga kelishgan: ikki mamlakat o‘rtasidagi eng yaxshi savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishning muhim instrumenti - hamkorlikdagi Ukraina-O‘zbekiston hartomonlama hamkorlik komissiya ishini qayta tiklash lozim va istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun sakkizinchi qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish kerak.