Sobiq MXX rahbari Rustam Inoyatovga alohida mukofot berildi

Taqdirlash marosimida faxriy mehmon sifatida Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti Devid Xagger qatnashdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Xalqaro tennis federatsiyasi Rustam Inoyatovga alohida xalqaro mukofotni taqdim etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati.

Xavfsizlik bayrog‘i ostida: MXX vorisi yangi geraldikaga ega bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, Osiyo tennis federatsiyasi yillik yig‘ilishi joriy yil 1-dekabr kuni Manila shahrida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda faxriy mehmon sifatida Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti Devid Xagger qatnashdi. U O‘zbekiston tennis federatsiyasiga jahon tennisi rivojlanishiga katta muvaffaqiyatlarga erishganligi uchun maxsus mukofotni taqdim etdi.  

Bundan tashqari, O‘zbekiston tennis federatsiyasi prezidenti Rustam Inoyatovga “O‘zbekistonda tennis rivojlanishiga qo‘shgan bebaho hissasi va ko‘p yillar davomida tennisga sadoqati uchun” alohida shaxsiy mukofot berildi.