Hashamatli va antiqa: sobiq “Dunyo go‘zali” Priyanka Chopraning to‘yi nima bilan esda qoldi

Priyanka Chopra va Nik Djonas to‘yiga 200 dan ortiq mehmonlar taklif qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Hindistonlik aktrisa va sobiq “Dunyo go‘zali” Priyanka Chopra Nik Djonasga turmushga chiqdi. U o‘z muxlislari bilan tantana foto-suratlari bilan o‘rtoqlashdi.

An’anaga ko‘ra, hashamatli tantana Mumbai shahridagi kelin uyida bo‘lib o‘tdi.

Unga 200 dan ortiq mehmonlar taklif qilindi. 25 yoshli Nik Djonasning AQSh mehmonlari Priyanka ota-onasining uyida joylashdilar.

“Dunyo go‘zali” tanlovi g‘olib ushbu bayramga bir nechta liboslarni tayyorladi.

36 yoshli Priyanka asosiy to‘y libosi -  oq rangda, yarim ochiq va marvarid bilan bezatilgan Ralph Lauren libosi bo‘ldi.  

Chopra boshini 25 metrli ajoyib oq to‘y libos pardasini bir necha kishi ko‘tarib ketdi. Kelin ko‘rinishi maftunkor malikani o‘zi bo‘ldi.

An’anaviy hind marosimida Priyanka lexengu-choli – hashamatli milliy qizil libosni qiydi. Kelin tilladan yasalgan marjonni taqib olgan.

Nik ham kuyov milliy hind libosini kiygan.

Kechki bazmda esa kelin hind uslubdagi ko‘plab qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan libosda paydo bo‘ldi.

  

Uning sochlari oq gul bilan bezatilgan. Quloqlarida noyob toshli sirg‘alarni, bo‘ynida hashamatli marjonlarni taqib olgan.