Davlat raqobat qo‘mitasi Coscom aksiyalarini sotib oldi

2007 yilda "Coscom" kompaniyasini Shvetsiyaning "Telia Sonera" kompaniyasi sotib olgandi.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2018-yil 5-dekabrda “TELIA COMPANY AB” kompaniyasi bilan “Coscom” MChJning ustav kapitalidagi 100% ulushini sotib olish bo‘yicha kelushivga erishdi.

Ma’lumot uchun: “Coscom” MChJ XK hozirda “UCell” savdo belgisi ostida O‘zbekistonda 7,3 million abonentga uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.