Amerikada jayra-itlar paydo bo‘ldi

Osonlik bilan itni jayraga aylantirish mumkin. AQShda itlarni yirtqichlardan himoya qilish uchun ularga maxsus kiyimchalar kiydirishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Itlar uchun yangi moda Amerikaning Arizona shtatida paydo bo‘ldi. Amerikaliklar o‘zlarining uy hayvonlariga jayra ignalarini eslatuvchi libos kiydirishmoqda, deb xabar qiladi Pedestrian TV.

​Shu tariqa odamlar o‘z hayvonlarini yirtqichlardan himoya qilishmoqchi. AQSh g‘arbida burgut va koyotlarning (bo‘ri turi) itlarga hujum qilishi odatiy hol sanaladi.

Mahalliy aholi qiziqish bilan itlarning yangi libosdagi suratlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Bu mavzuga atalgan hazil va memlar ko‘payib bormoqda.

Ushbu liboslarda hayvonlar kulguli bo‘lib ko‘rinadi, albatta. Ammo hayvon sohiblari o‘zlarini xotirjam his qilishadi.