Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bundan avval Bahodir Nizomov O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Bahodir Nizomov Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori imzolangan.

Bundan avval Bahodir Nizomov  O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U bu lavozimda Gulnora O‘rmonova o‘rnini egalladi. O‘rmonova shu yilning martida vazir o‘rinbosari sifatida ish boshlagandi.