Lola Karimova LGBT-o‘smirlarga yordam qiluvchi tashkilotni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva Los-Anjelesdagi “Trevor loyihasi” tadbirida tushgan suratini bilan o‘rtoqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillyayeva turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev bilan birgalikda “Trevor loyihasi” (The Trevor Project) tashkilotining gala-kechasida ishtirok etdi.

The Trevor Projectning faoliyati lesbiyanka, gey, biseksual va transgender bo‘lgan o‘smirlar orasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga qaratilgan. Loyiha o‘zining maxfiy bepul “Trevor hayot liniyasi” nomli telefon liniyasiga ega. Unda psixologlar yordamiga muhtoj bo‘lgan LGBT-o‘smirlarga anonim tarzda maslahat beradi. Shuningdek, loyiha ota-onalar va pedagoglar uchun tavsiyalar va materiallarni taqdim etadi.

Karimova-Tillyayevat tadbirda tushgan suratini Instagram sahifasida o‘rtoqlashdi.

Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan tashkilot uchun mablag‘ jamlash TrevorLIVE gala-kechasiga o‘zining noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega bo‘lgan mashhur yulduzlar, jumladan, aktor Djussi Smollet, rejissor va produser Rayan Morfi va boshqalar tashrif buyurishdi.

“Trevor loyihasi” – 1998-yilda tashkil topgan Amerika notijorat tashkilotdir. Uning faoliyati noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishni oldini olishga qaratilgan.