Paxtadan yigirilgan iplarni ruxsatsiz olib chiqish taqiqlanishi mumkin

O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab paxtadan yigirilgan iplarni ruxsatsiz olib chiqish taqiqlanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistondan bo‘yalmagan paxtadan yigirilgan iplarni  ruxsatsiz olib chiqish taqiqlanishi mumkin. Bu haqida prezident qarori loyihasida aytib o‘tilgan.

O‘zbekistonda nohalol eksport qiluvchilarning ro‘yxati yuritiladi

Qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, taaluqli muassasalar 2019-yilning 1-iyuliga qadar paxtadan yigirilgan iplarni olib chiqish uchun ruxsatnoma berish tartibini ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.

Undan tashqari, tikuv-trikotaj mahsulotlarining 100 foizini eksport qilayotgan korxonalar 2 % miqdorida bo‘lgan kreditlar foizlarini qoplash uchun Tadbirkorlari qo‘llab-quvvatlash davlat fondiga to‘lanadigan soliqlardan ozod qilinadi.

Qarorda shuningdek, Toshkent shahar hokimiyatiga tikuv-to‘qimachilik mahsulotalarini namoyish etish uchun zamonaviy ko‘rgazma-yarmarka majmuasi qurish uchun joy ajratib berish va xorijiy sarmoyalarni jalb qilish topshirildi.