TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari ko‘rik davomida yo‘lovchilar bagajida topilgan eng g‘alati narsalarni so‘zlab berishdi. Bu haqda RIA Novosti The Sun nashriga asosan xabar qildi.
Xavfsizlik xizmati xodimlari yo‘lovchilar qo‘l yuklarini ko‘rikdan o‘tkazayotganda ayrim holatlarda juda ham g‘alati narsalarni topishadi.
Ular xavf tug‘dirmaydi, biroq odamlarda aralash - kulgu va qo‘rquv hissiyotlarini keltirib chiqaradi.
Xususan xodim yo‘lovchi bagajida bir nechta jo‘xori va muzlatilgan kolsabani topib oladi. Ehtimol, yo‘lovchi piknikka ketayotgan ko‘rinadi.
Boshqa xodim esa bagaj ichida tirik o‘rgimchakni topib oladi. O‘rgimchak chemodandan chiqib kelganda, xodim qo‘rqqani bois qichqirib yuborgan.
Aeroport xodimlari ko‘rik davomida ko‘pincha turli seks-o‘yinchoqlarni topishadi.
Yana bir holatda chemodan ichida inson kuli solingan urna va bosh suyagi topilgan.
Yo‘lovchida inson bosh suyagini olib o‘tishga uchun barcha hujjatlari bo‘lgan, biroq xavfsizlik xizmati xodimlariga bu juda ham g‘alati ko‘rindi. Shuningdek, boshqa holatda bagaj ichida bog‘ gnom haykalchasi topiladi.
Bir marta esa ayol homilador deb o‘zini ko‘rsatish maqsadida, kiyimining old cho‘ntagiga butun pishirilgan tovuqni olib o‘tishga harakat qilganligi aniqlandi.
Aeroport xodimlari uni to‘xtatishganda ayol tovuqni yeb qo‘yishga harakat qiladi. Juda "ajoyib" qaror, ehtimol u tovuqni shunchaki bagajga topshirish mumkinligini bilmagan.