O‘zbekistonda besh yil ichida to‘rtta yirik GES ishga tushiriladi

Respublika hukumati yiliga 2,8 milliard kVt/s ko‘proq elektroenergiya ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. O‘zbekiston hukumati besh yil ichida quvvati 30 MVtdan yuqori bo‘lgan 4 ta GES qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 2024-yilgacha gidroenergetika sohasini 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish konsepsiya loyihasida aytilgan.

Tojikiston O‘zbekistonga qancha elektr energiya yetkazib berdi

Bundan tashqari, respublikada 16 ta kichik GES paydo bo‘ladi, shuningdek 21 ta GES modernizatsiya qilinadi.

Barcha loyihalarning qiymati – 2,6 milliard dollar, ulardan 600 million dollar kreditga olinadi.

Rejaga ko‘ra, respublika har yili 2,8 milliard kVt/s ko‘proq elektroenergiya olishni boshlaydi.

“O‘zbekgidroenergo” tuzilmasida 57 ta stansiyalar bo‘lib, 9,3 milliard kVt/s elektroenergiya ishlab chiqarish rejalashtirilgan.