TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Kecha, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi ayol uyini isitish maqsadida o‘tin yoqib, cho‘g‘larini yotoqxonasiga olib kirgan, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
“Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi S.U. uyini isitish maqsadida o‘tin yoqib, cho‘g‘larini yotoqxonasiga olib kirishi oqibatida o‘zi va 3 nafar farzandlari is gazidan zaharlangan. Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan”, - deyilgan xabarda
Bundan tashqari, o‘sha kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi N.Yu. uyida isitish pechini yoqib uxlab qolishi oqibatida, isitish pechidan sizib chiqqan tabiiy gaz isidan o‘zi va 3 nafar farzandlari zaharlangan. Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Har ikkala holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.