TOShKENT, 4 dek - Sputnik. AQSh Eronga kuchini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida Fors qo‘ltig‘iga harbiy kemalarni yubormoqchi, deb xabar qildi RIA Novosti .
"AQSh harbiy dengiz kuchlarining bir guruh kemalari Eronga kuchini ko‘rsatish maqsadida yaqin kunlarda Fors qo‘ltig‘iga kirib boradi", - deyiladi xabarda.
Noyabr oyida CNN telekanali Pentagondagi manbasiga tayangan holda vazirlik AQSh Markaziy qo‘mondonligining qo‘shimcha hariy resurslar, shu jumladan, avianosesni Fors qo‘ltig‘ida joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosini rad etganligi to‘g‘risida xabar bergan edi.
Bunday so‘rov Eron AQSh kiritgan sanksiyalarga javoban harbiy operatsiyani boshlab yuborishi mumkinligidan kelib chiqqan xavotir tufayli amalga oshirilgan.
Wall Street Journal nashri AQSh Mudofaa idorasidagi manbasiga tayanib bergan xabarga ko‘ra, amerikaning John C. Stennis avianosetsi va bir guruh boshqa kemalar hafta oxirida Yaqin Sharq mintaqasi suvlariga kirib borishadi. AQSh kemalarining Fors qo‘ltig‘iga kirishi so‘nggi sakkiz oyda amalga oshirilgan birinchi bu ko‘lamdagi operatsiya bo‘ladi. Bu yerga kemalarni yo‘llash - Eronga AQSh kuchini ko‘z-ko‘z qilishdan iborat, deb yozadi nashr.
Nashrning Pentagondagi manbalariga ko‘ra, John C. Stennis avianosetsi yaqin sharq mintaqasida ikki oycha bo‘ladi, va bu vaqtning kattagina qismini Fors qo‘ltig‘ida o‘tkazadi. Manbalar, avianoses mintaqa suvlarida Eronning ehtimoliy dushmanlik faoliyatini "so‘zsiz ushlab turishi" mumkinligi aytishmoqda.
Beshinchi noyabr kuni AQShning Eronga qarshi sanksiyalari kuchga kirdi. Sanksiyalar neft eksportini qamrab oldi. Vashington ilgariroq eron nefti eksportini nolga tushirish maqsadi haqida e’lon qilgan va xaridorlarni neftni olishdan voz kechishga chaqirgan edi. Dushanba kuni Moliya vazirligi AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga Eronning 700dan ortiq shaxslari, tashkilotlari, samoletlari va kemalarini kiritayotgani haqida xabar berdi.