ShHT vakillari Chelyabinskda hududlararo hamkorlikni muhokama qilishadi

ShHT mamlakatlari vakillari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Chelyabinsk viloyati salohiyati bilan tanishadilar.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek – Sputnik.  2018-yilning 4-6 dekabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Chelyabinsk shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning birinchi Hududlararo forumida ishtirok etadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

“Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning hudud rahbarlari hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar”, - deyilgan xabarda.

Delegatsiyalar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Chelyabinsk viloyatining salohiyati bilan ham tanishadilar.

Avvalroq ShHT a’zo davlatlarning rahbarlari tashkilot ichida savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihasining yangi tahririni ishlab chiqish haqida kelishib olishgan edilar. Hujjat bosh vazirlar tomonidan Dushanbedagi ShHT a’zo davlatlar rahbarlarining Kengashi majlisi yakunida imzolangan edi.