TOShKENT, 3 dek – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 4-dekabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 15,65 so‘mga ko‘tarilib, 8 314,85 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi esa 3,04 so‘mga kamayib, 9 408,25 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 1,54 so‘mga pasayib, 123,85 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.