TOShKENT, 2 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab minimal ish haqqi 577 ming so‘mgacha oshirilishi mumkin. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida aytib o‘tilgan. Hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida joylashtirilgan.
"O‘zbekiston prezidentining 2018-yil 13-oktabrda imzolangan 5553-sonli “Oylik maoshlar, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi” qaroriga asosan, kam oylik to‘lanuvchi ishchilar maoshlarini tarif koefitsentlarini oshirish yo‘li bilan o‘rtacha 10 %ga oshiriladi", - deyilgan qaror loyihasida.
Xususan, 1-dekabrga qadar mavjud bo‘lgan EKIHning 2,476, 2,725 va 2,998 baravariga teng koefitsentlar tegishli ravishda 2,847, 2997 va 3,148 raqamlariga o‘zgartiriladi.
Shunday qilib, 2019-yilning 1-yanvaridan bishlab birinchi razrad kvalifikatsiyasga ega bo‘lgan xodimlarga eng kam ish haqqi 577 ming so‘m (+15%), ikkinchi razradga - 607 ming so‘m (+10%) va uchinchi razradga - 638 ming so‘m (+5%) miqdorida minimal ish haqi belgilanadi.
Shu o‘rinda Mehnat uchun to‘lanadigan minimal ish haqi va eng kam oylik ish haqqi (EKOIH) ni adashtirmaslik lozim. O‘zbekistonda 2018 yilning 1-noyabridan boshlab EKOIH miqdori 202 730 so‘m etib belgilangan bo‘lsada, ushbu miqdor turli jarima, soliq va boshqa to‘lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi.
Har qanday ishda ishlaydigan xodim va ishchilarga Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi qaroriga asosan Mehnatga haq to‘lashning yagona setkasi asosida to‘lanadi. Tarif setkasiga muvofiq minimal ish haqqi kamida EKOIHning 2,476 baravariga teng. Bugungi kun holatiga bu 501 ming so‘mni tashkil etadi.