Aktor Mixail Porechenkov Samarqandga keldi

Rossiyalik mashhur aktor Toshkentda bo‘lib o‘tgan PROlogue kinofestivaliga tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandning turli joylarida Mixail Porechenkovning fotosuratlarini namoyish qilindi.

Aslida, rossiyalik mashhur aktor Toshkentda 27-30 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan PROlogue kinofestivalida ishtirok etgani ma’lum.

Toshkent shahar hokimiyati, Yoshlar ittifoqi va “O‘zbekkino” tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda rossiyalik mashhur kinorejisser Vladimir Menshov hamda Rossiya xalq artisti Sergey Shakurov ham ishtirok etgan.