IIBB 14 yoshli maktab o‘quvchisini qidirmoqda

Huquqni saqlash organlari 3 kun oldin yo‘qolgan 14 yoshli qiz bolani topishda yordam so‘ramoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Huquqni saqlash organlari, 3 kun oldin uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan o‘quvchi qizni izlamoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.

Gafurova Visola Ravshan qizi, 2004-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan, Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahri 18-maktab 8-sinf o‘quvchisi.

29 noyabr kuni taxminan soat 12:00 da Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasida joylashgan qarindoshining uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan.

Belgilari: bo‘yi 150 sm, sochlari uzun va yorqin jigar rang, gavda tuzilishi o‘rtacha. Kiyimlari: qora palto, qora shim va mexli etiklar.

Toshkent shahar IIBB ushbu bolaning qayerdaligi hakida ma’lumotga ega bo‘lganlarni 102 raqami orqali xabar berishlarini so‘raydi.

IIBB 14 yoshli maktab o‘quvchisini qidirmoqda